Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYLOV QONUNCHILIGINING KAFOLATLARI
2021-10-18 12:51:39 866
Yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning eng muhim afzalliklaridan biri shundaki, nafaqat qo’lga kiritilayotgan yutuqlar, balki mavjud muammo va kamchiliklar xam baralla aytilib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilab olinmoqda. O’tgan saylovlarda orttirilgan katta amaliy va xuquqiy tajriba, shuningdek milliy va xalqaro kuzatuvchilar tomonidan bildirilgan tavsiyalar saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirishda muhim o’rin tutadi. Saylov kodeksi asosida “Yangi O’zbekiston-yangi saylovlar” shiori ostida tashkil etilgan saylovlar ko’ppartiyaviylik va muqobillik, oshkoralik va transparentlik tamoyillari asosida, erkin raqobat, siyosiy partiyalar o’rtasidagi qizg’in tortishuv va bahs munozaralar muxitida, umum etirof etilgan demokratik standartlarga mos tarzda o’tkazilganligi halqaro kuzatuvchilar tomonidan xam keng etirof etildi. Bunday etirofga erishish oson bo’lgani yo’q, albatta. Ayni paytda erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari intilish-davr taqozosi. Joriy yilning 8 fevral kuni davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Saylov qonunchiligini takomillashtirish munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” gi qonun fuqarolarning saylov xuquqi kafolatlarini davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini yanada kengaytirish, milliy saylov tizimini takomillashtirish, saylovlarda ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta'minlashdek ezgu maqsadlarga erishishda muhim omil bo’ladi. Saylov qonunchiligiga kiritilgan o’zgarishlarni puhta bilish xammamizning burchimiz. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, jumladan, maxallar ahli-saylovchilar o’rtasida saylov qonunchiligi va amaliyotidagi muhim o’zgarishlarning mazmun-moxiyati va axamiyatini keng targ’ib qilish aloxida o’rin tutishini ta'kidlash joiz.
Saylovlar jarayonida saylov uchastkalarining ko’pchilik qismi maxallalarda tashkil etiladi va faoliyat olib boradi. Joylarda o’tkazilgan davra suxbatlarida ilgari surilgan bir fikr meni quvontirdi. Yani Saylov kodeksiga kiritilgan o’zgartirishlarga ko’ra, jumladan, Xalq deputatlari, tuman, shaxar (Xalq deputatlari Toshkent shaxar kengashi bundan mustasno) Kengashiga saylov o’tkazish bo’yicha okrug saylov komissiyalari tuzish amaliyotidan endilikda voz kechiladi. Saylov amaliyotidan aniq bo’ldiki, mazkur institut o’zini oqlamadi.
Xalq deputatlari tuman (shaxar) Kengashlariga saylov o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalari instituti tugatilishi va ularning vakolatlari tuman (shahar) saylov komissiyalari zimmasiga yuklanishi munosabati bilan tuman, shahar saylov komissiyalari tarkibi 21 nafar azogacha kengaytiriladi. 2019 yilda o’tkazilgan saylovlar jarayonida mazkur yo’nalishda saylov qonunchiligini takomillashtirish bilan bog’liq qator vazifalar mavjudligi malum bo’ldi. Saylov kodeksining 25-moddasida “Uchastka saylov komissiyalari azolarining yarmidan ko’pi bitta tashkilotdan taklif etilishi mumkin emas ”, deb qayd etilgan. Ammo shifoxonalar, dam olish uylari, xarbiy qismlar, mamlakatimizning chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari kabi muassasalarda, ularning katiy ichki tartib qoidalaridan kelib chiqqanda, saylov uchastkasi a'zolarini bunday tartibda tuzish qiyin. Shuni e'tiborga olib, yangi qonunga binoan, mazkur muassasalarda tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari mustasno ekanligi belgilab qo’yildi. Endilikdagi vazifa yaratilayotgan ana shunday keng ko’lamli imkoniyat va qulayliklarning qadriga yetib, joriy yilda davlatimiz va xalqimiz oldida turgan muhim siyosiy tadbir -Prezident saylovlarini katta uyushqoqlik va yuksak saviyada o’tkazishdan iborat.
Jinoyat ishlari bo’yicha Quva tumani sudi raisi Z.Omonov
Jinoyat ishlari bo’yicha Quva tumani sudi sudyasi Q.Abdullayev
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube