Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIMIYAT VAKILIGA YOKI FUQAROVIY BURCHINI BAJARAYOTGAN SHAXSGA QARSHILIK KO’RSATISH BILAN BOG’LIQ JINOYAT VA MA'MURIY HUQUQBUZARLAIKLAR UCHUN JAZOLAR OG’IRLASHTIRILDI.
2021-10-19 11:01:21 539
O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 4 oktyabr kungi o’rq-419-sonli qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartishlar kiritildi.
Qonun bilan kiritilgan o’zgartishlar
Ushbu qonun bilan Jinoyat kodeksining 219-moddasi “Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko’rsatish” 219-moddasiga quyidagi o’zgartishlar kiritildi,
birinchi qismning sanktsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
ikkinchi qismning sanktsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolananishi belgilandi.
Shuningdek, Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining
1) “Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik” 194-moddasi:
birinchi qismining sanktsiyasidagi «ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha» degan so’zlar «bir baravaridan o’n ikki baravarigacha» degan so’zlar bilan almashtirildi;
ikkinchi qismining sanktsiyasidagi «ikki baravaridan uch baravarigacha» degan so’zlar «o’n ikki baravaridan o’n besh baravarigacha» degan so’zlar bilan almashtirildi;
2) “O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik ” 1941-modda:
birinchi qismining sanktsiyasidagi «ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha» degan so’zlar «bir baravaridan o’n ikki baravarigacha» degan so’zlar bilan almashtirildi;
ikkinchi qismining sanktsiyasidagi «ikki baravaridan uch baravarigacha» degan so’zlar «o’n ikki baravaridan o’n besh baravarigacha» degan so’zlar bilan almashtirildi;
3) “Ichki ishlar organlari xodimlarining o’z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko’rsatish” 195-moddaning sanktsiyasidagi «uch baravaridan besh baravarigacha» degan so’zlar «uch baravaridan yigirma baravarigacha» degan so’zlar bilan almashtirildi;
4) “O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) o’z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko’rsatish” 1951-moddaning sanktsiyasidagi «uch baravaridan besh baravarigacha» degan so’zlar «uch baravaridan yigirma baravarigacha» degan so’zlar bilan almashtirildi;
5) “Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to’sqinlik qilish” 198-modda:
birinchi qismining sanktsiyasidagi «ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha» degan so’zlar «bir baravaridan o’n ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan o’n besh baravarigacha» degan so’zlar bilan almashtirildi;
ikkinchi qismining sanktsiyasidagi «bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha» degan so’zlar «o’n ikki baravaridan o’n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o’n besh baravaridan yigirma baravarigacha» degan so’zlar bilan almashtirildi.
Jamiyatimizda hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko’rsatish holatlarini keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni chuqur o’rganish va tahlil qilish, aholini huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga e'tibor berib, bu ishlarni malaga oshirishni samarali yo’lga qo’yish davr talab qilmoqda.
Q.Abdullayev
Jinoyat ishlari bo’yicha
Quva tuman sudining sudyasi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube