Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ma'muriy-hududiy tuzilma
2022-04-11 13:58:14 1486
Quva tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Janubiy-gʻarbdan Fargʻona, shimoliy-gʻarb va gʻarbdan Toshloq tumanlari, shimol va sharqdan Andijon viloyatining Boʻz, Shahrixon, Asaka, Marhamat tumanlari, janubiy-sharq va janubdan Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 440 km². Aholisi: 261,000 kishi (2021). Tumanda 65 ta mahalla fuqarolari yigʻini bor. Markazi – Quva shahri.
Aholisi asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qirgʻiz, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 543 kishi. Quva tumanida Oʻzbekiston halq yozuvchisi Ibrohim Rahim, Oʻzbekiston halq artistlari Tavakkal Qodirov, Abdulhoshim Ismoilov va juda koʻplab mashxur shahslar tavallud topishgan.
Iqtisodiyoti Asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. 2500 dan ortiq kichik korxona, mikrofirma va boshqa korxonalar mavjud. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash zavodi, don mahsulotlari kombinati, avtokorxona, „Issiqnon“ korxonasi, mebel kombinati, mevani qayta ishlash korxonasi, qandolatchilik fabrikasi, toʻqimachilik korxonalari ishlab turibdi. Savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari aholiga xizmat koʻrsatadi. 3 qoʻshma korxona bor.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi – paxtachilik, gʻallachilik. Shirkat, fermer xoʻjaliklari bor. Tuman xoʻjaliklari Oxunboboyev nomidagi kanal, Janubiy Fargʻona kanali tarmoqlaridan va Karkidon suv ombori, shuningdek, shimoliy qismi U.Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanalida 29,7 ming qoramol, 34,8 mingdan ziyod qoʻy va echki, 48,2 mingdan ortiq parranda, 417 yilqi boqiladi. Pillachilik bilan ham shugʻullaniladi.