Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Aholini ro‘yxatga olish - uzoq muddatli va keng qamrovli jarayondir.

×

 2022-04-14 21:34:01    374

PDF yuklash
Chop etish


Barchamizga ma’lumki  Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-yil 10-iyundagi “2020-yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish” borasidagi dasturi  doirasida  aholini  va uy-joy fondini ro‘yxatga olish   maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli Farmoni  hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli

“ O‘zbekiston Respublikasida  2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga  tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori  qabul qilindi.            

Mazkur xujjatlarga asosan respublikamizda 2023 yilda aholini ro‘xatga olish o‘tkaziladi.

Aholini ro‘yxatga olish  kompaniyasi uzoq muddatli va keng qamrovli jarayondir.  Unda aholi sonining aniq xisoblab chiqilishi,  xisobga olish davrida aholining  jinsi, yoshi, millati, oilaviy ahvoli,ma’lumoti, fuqaroligi, xayot darajasi, yashash  sharoiti, bandligi, uy-joy fondi df ijtimoiy-iqtisodiy xusussiyatlari bo‘icha yakka tartibda   xisobga olishni  o‘z  ichiga olgan.

Aholini ro‘yxatga olish kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ro‘rsatkichlarini xisoblash uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat qiladi.

Qarorda  O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘xatga olish 2023- yil 1-25-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

 1 — 5-noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholini ro‘yxatga olish (5 kun);

6 — 10-noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxatini shakllantirish (5 kun);

11 — 22-noyabr kunlari — aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurib aholini ro‘yxatga olish (12 kun, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaga asosan);

23 — 25-noyabr kunlari — har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganish (3 kun).

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish  uch bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqichda (3 yilga yaqin davrda) siyosiy  tadbirga tayyorgasrlik ko‘riladi;

Ikkinchi bosqich (10 kundan 60 kungacha bo‘lgan davrda)  bevosita aholini ro‘yxatga olish jarayoni  amalga oshiriladi;

Uchinchi bosqich 2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan davrda)  aholini ro‘yxatga olishga doir birlamchi ma’lumotlarni to‘plash, uni avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashga tayyorlash, aholini ro‘yxatga olishga doir dastlabki natijalarni t’lon qilish va tarqatish.

         Xukumat  qarori  mazmun-mohiyati va maqsadini keng targ‘ib qilish va rejalashtirilgan ishlarni trizimli amalga oshirishda viloyat, shahar va tuman hokimliklari, joylardagi statistika bo‘limlari xodimlari hamkorligida o‘quv seminarlari  tashkil etilmoqda.

          Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan aholini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirida  barcha yurtdoshlarimiz faollik ko‘rsatadilar degan umiddamiz.