Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Paraolimpiada musobaqasining tuman bosqichi bo’lib o’tdi
2024-04-20 13:22:16 144
???? 19-aprel kuni Quva tuman yoshlar ishlari bo‘limi, O‘zbeksiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Ijtimoiy ximoya milliy agentligining Quva tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi va Quva tuman Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda paraolimpiada musobaqasi bo’lib o’tdi.
⏳ ???? Shu munosabat bilan tashkillangan tadbirda nogironligi bo‘lgan havaskor sportchilar hamda ularning yaqinlari qatnashdi. So‘z olganlar, mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi jadal takomillashib borayotgani, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga to‘laqonli moslashuviga erishish, parasport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun ularga munosib shart-sharoitlar yaratilayotgani xususida to‘xtaldilar.
⚡️Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning♟para shaxmat va para shashka, ???? para stol tennisi, ???????? para yengil atletika, turlari bo‘yicha musobaqaning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.