Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

×

 2024-05-29 09:39:47    94

PDF yuklash
Chop etish


Xabar berganimizdek, (https://t.me/ijtimoiyhimoya_official/1280) muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari (POM) va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari (RTV) bilan ta‘minlash maqsadida Agentlik Uzum Market bilan hamkorlikda yangi tizim ishga tushirildi.  
Ushbu yangilik fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash uchun zarur vositalardan foydalanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy sohani rivojlantirishdagi muhim qadamdir.
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari kabi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni muhtoj shaxslarni ijtimoiylashuvini maqsad qilgan ushbu muhim va ezgu tashabbusga qo‘shilishga va bozorda mavjud mahsulotlar turini kengaytirishda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Bu turdagi mahsulotlarni UZUM Market (https://uzum.uz/ru/category/subsidiruemye-tovary-dlya-reabilitacii-12087) platformasiga joylashtirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga maxsus imtiyozlar beriladi. 
Buning uchun tadbirkorlar my.ihma.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. (Ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan tanishish uchun havola) (https://telegra.ph/Tadbirkor-uchun-yoriqnoma-05-14) 
Qo‘shimcha ma'lumotlar bo‘yicha Ijtimoiy himoya milliy agentligi 1140 yoki  +998 90 929 57 34  raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.