Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QONUNLAR – ADOLAT MANBAI

 2017-09-28 11:17:17    769

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona davlat universiteti katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Unda tadbirkorlar, nodavlat-notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha hududiy Kengash a’zolari, universitet talaba va murabbiylari hamda OAV vakillari qatnashdi.

Davra suhbatini viloyat hokimining o’rinbosari Ilhomjon Nosirov ochdi va olib bordi.

Anjumanda so’zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bahromjon Obidjonov fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning o’ziga xos xususiyatlari mavzusida ma’ruza qildi. Deputat o’z nutqida parlamentda muhokamaga qo’yilayotgan “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi yangi qonun loyihasi haqida batafsil tushuncha berdi.

– Qonun loyihasi 21 moddadan iborat bo’lib, u fuqarolarning davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali jamiyat va davlat ishlari borasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, –  dedi Bahromjon Obidjonov. – Bunday nazoratni amalga oshirish 4 ta sub’ekt tomonidan olib boriladi deb baholanmoqda. Ya’ni mamlakatimiz fuqarolari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazoratini yuritadilar.

Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sherzod Rahimov yaqinda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil to’g’risida”gi qonunning mazmun-mohiyati haqida so’z yuritdi.

29 moddadan iborat mazkur qonunda ham tadbirkorlarning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish, ularning huquqlarini himoya qilish bo’yicha vakil, ya’ni biznes-ombudsman va uni lavozimga tayinlash, lavozimidan ozod etish, uning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari aks etgan.