Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashi sessiyasining qarori

 2017-09-28 11:22:42    774

PDF yuklash
Chop etish


2017 yil 26 iyul                   № V- XXVIII-112                 Farg’ona shahri

Shaharda yoshlarga oid davlat siyosati bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida

Mavjud ma’lumotlarning tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, shaharda yoshlar bilan ishlash sohasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Voyaga yetmaganlar shahar hududida joylashgan 63 ta maktabgacha ta’lim muassasalariga, 41 ta umum-ta’lim maktablariga, 19 ta kasb-hunar kollejlari va 6 ta akademik litseylarga to’liq qamrab olingan.

Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun shaharda 10 ta sport majmualari faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari, 41 ta umumta’lim maktablarida 5280 quvvatga ega 44 ta sport zallari mavjud. Shuningdek, 1 ta “Barkamol avlod” markazida yoshlar turli to’garaklarga qatnashmoqda.

Shahar madaniyat bo’limi tasarrufidagi madaniyat va aholi dam olish markazlaridagi 126 ta to’garaklarga ham  o’quvchilar jalb etilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shaharda Yoshlarga oid davlat siyosati bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng muhokama qilib, "Maxalliy davlat xokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari  Farg’ona shahar Kengashi

     QAROR QILADI:

1. Farg’ona shahar  hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Sh.Karimovning "Yoshlar bilan ishlash sohasida shaharda olib borilayotgan ishlar to’g’risida"gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Farg’ona shahar  hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari (Sh.Karimov)ga:

- o’n kunlik muddatda shaharda uyushmagan yoshlarning statistik ma’lumotlar bazasini yaratish, uni shakllantirishda tegishli davlat organlari va muassasalarning tizimli hamkorligini yo’lga qo’yish hamda yoshlarning, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, uning amalga oshirilishini tashkil etish;

- ta’lim muassasalari, mehnat jamoalarida O’zbekiston Yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkilotlarini qaytadan tashkil etish, ularga alohida xonalar ajratish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlarni samarali tashkil etish;

- bir oylik muddatda ta’lim muassasalari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari binolarida hamda mehnat jamoalarida "Yoshlar ittifoqi burchagi" tashkil etilishini ta’minlash;

- shaharda jinoyatchilikka qo’l urgan, huquqbuzarlik bilan ro’yxatga olingan, diniy ekstremistik oqimlarga moyil bo’lgan, shuningdek notinch oilalardagi yoshlar ro’yxatini  shakllantirish, ular bilan individual ishlab, jamiyatning faol kishisiga aylantirish bo’yicha maqsadli ishlash;

- o’qituvchilarning darsga tayyorgarligini qat’iy nazoratga olish;

- bitiruvchilarning mutaxassisligi bo’yicha ishga joylashtirilishini ta’minlash;

- shahar Bandlikka ko’maklashish markazi bilan birgalikda  mahallalarda yashovchi va kasb-hunar kollejlarini bitirib, hozirda doimiy ish bilan band bo’lmagan yoshlarning ro’yxatlarini shakllantirish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash choralari bo’yicha tashkil etilgan sektorlar kesimida “Mehnat yarmarkalari o’tkazish;

- 2017-2018 o’quv yilida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining                     1-bosqichiga qabul qilingan o’quvchilarning davomati va muassasalarga  moslashuvini o’rganib borish hamda ta’lim muassasalariga muntazam qatnamayotgan o’quvchilarning o’quv jarayoniga tortilishini ta’minlashda mahalla bilan hamkorlikda kasb-hunar kollejlariga ko’maklashish;

- voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishlarining oldini olish maqsadida huquq-tar-g’ibot tadbirlari talab darajasida tashkil etilmaganligi, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanilmaganligi, muqaddam sudlanganlar, o’qish va ishlashga ishtiyoqi yo’q qarovsiz, nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlarning ta’lim-tarbiyasini joylardagi jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish;

- voyaga yetmaganlarga oid qonunlar ijrosi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish, uning oldini olishda mutasaddi idoralarning ishlari samarasizligi, talab darajasida tashkil etilmaganligi oqibatida voyaga yetmaganlar o’rtasida kelib chiqayotgan jinoyatlar, o’z joniga qasd, suiqasd qilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;

- shahar hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiya bilan birgalikda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo’lgan turli xildagi jinoyatchilik  va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan har oy yakuni bo’yicha tahlil qilib borish;

- har chorakda shaharda yoshlar bilan ishlash sohasida olib borilayotgan ishlarning holati to’g’risida xalq deputatlari Farg’ona shahar  Kengashiga axborot berib borish vazifalari yuklatilsin.

3. O’zbekiston Yoshlar ittifoqining Farg’ona shahar kengashi:

- o’n kunlik muddatda ta’lim muassasalari, mahallalar hamda mehnat jamoalarida O’zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yo’nalishlari va maqsadini targ’ib etishga qaratilgan manzilli tadbirlarni tashkil etish bo’yicha reja-jadval ishlab chiqsin va uning samarali amalga oshirilishini ta’minlasin;

- bir oylik muddatda O’zbekiston Yoshlar ittifoqining shahar kengashi apparati hamda boshlang’ich tashkilotlari uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirsin;

- shahar XTMFMTTE bo’limi, kasb-hunar kollejlari  va akademik litseylar, manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda belgilangan muddatda barkamol avlodni tarbiyalashda "Oila-mahalla-ta’lim muassasasi" hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo’yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosini o’z vaqtida ta’minlasin;

- har oyda "Hokim va yoshlar" uchrashuvini o’tkazish kunini shahar hokimi bilan maslahatlashgan holda yuqori saviyada tashkil etib borsin.

4. Shahar Bandlikka ko’maklashish markazi (Sh.Mahmudov) bir oylik muddat ichida hududdagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining haqiqatda ishga joylashishini tanqidiy o’rganib  chiqsin hamda ishga qabul qilish imkoniyati yo’q korxona, tashkilot, muassasalar bilan shartnoma imzolagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash choralarini ko’rsin.

5. Xalq deputatlari shahar Kengashining Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish va Yoshlar siyosati masalalari bo’yicha doimiy komissiyalari (F.Xamalova, A.Abdullaev) bir oylik muddatda yoshlarning atrof-muhit va ekologiyaga ijobiy munosabatini shakllantirish borasidagi ishlarni tashkil etish to’g’risidagi takliflarni shahar Kengashiga taqdim qilsin.

6. Ushbu qaror "Farg’ona tongi" gazetasida va Farg’ona shahar hokimligining rasmiy vebsaytida ehlon qilinsin.

7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashining Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish va Yoshlar siyosati masalalari bo’yicha doimiy komissiyalari (F.Xamalova, A.Abdullaev) zimmasiga yuklatilsin.

8. Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashi raisi Sh.ERKABOEV.