Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston parlamenti Senati Raisini qabul qildi

×

 2017-09-29 16:08:45    880

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari mehmonlarni qutlar ekan, Qozog‘iston parlamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi va Oliy Majlis palatalarida o‘tkazilgan samarali muzokaralar natijalari o‘zaro aloqalarning mustahkamlanib borayotganidan dalolat berishini alohida ta’kidladi. 


O‘zbekiston Prezidentining joriy yil mart oyida Qozog‘istonga va Qozog‘iston Prezidentining shu oyda O‘zbekistonga davlat tashriflari, shuningdek, davlatlarimiz rahbarlarining muntazamlik kasb etgan va ishonchga asoslangan muloqoti keng ko‘lamli O‘zbekiston –Qozog‘iston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani qayd etildi. 

rasmiy_4163.jpg 

Turli darajadagi aloqalar faollashgani, o‘zaro savdo hajmi va turi izchil ortib, diversifikatsiya qilinayotgani, energetika va mashinasozlik tarmoqlarida muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshlangani, avtomobil, temir yo‘l va havo transporti sohasidagi hamkorlik kengaygani shundan dalolat beradi. 

Chegaraoldi hududlari o‘rtasida o‘zaro tashriflar uyushtirilmoqda, sheriklik munosabatlari mustahkamlanmoqda, mamlakatlarimizda ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar tadbirlar birgalikda o‘tkazilmoqda. 

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik, jumladan, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi aloqalarni yanada faollashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 

Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar va qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash hamda o‘zaro manfaatli sheriklikka doir istiqbolli loyiha va dasturlarni ilgari surishda mamlakatlarimiz parlamentlari muhim o‘rin tutishi qayd etildi. 

Do‘stlik va hamkorlik guruhlari o‘rtasida muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlarining tegishli qo‘mitalari o‘rtasida yaqin amaliy aloqalar o‘rnatish muhimligi ta’kidlandi. 

Yuqori martabali mehmon Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy va mazmunli uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Kasim-Jomart Tokayev Qozog‘iston Respublikasi parlamenti o‘zaro do‘stlik va strategik sheriklik munasabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida O‘zbekiston bilan faol va keng ko‘lamli hamkorlikka tayyor ekanini yana bir bor ta’kidladi. 


A’lo Abdullayev (surat), O‘zA