Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
CHAQALOQ SAVDOSINI OLDINI OLISH-DOLZARB MASALA.
2021-03-31 19:41:41 670
Barchamizga ma'lumki chaqaloq savdosiga dolzarb masala sifatida alohida e'tibor qaratilmoqda. Tuman tibbiyot kolleji binosida Jinoyat ishlari bo’yicha Quva tuman sudi raisi Z.Omonov tomonidan tuman sog’liqni saqlash tizimi hodimlari ishtirokida o’tkazilgan davra suhbatidan asosiy maqsad ham chaqaloq savdosida vositachilik qilish og’ir jinoyat ekanligi hususan uzoq yillar ozodlikdan mahrum qilish jazosi mavjudligi haqida so’z bordi. Uchrashuv davomida chaqaloq savdosining oldini olish yuzasidan targ’ibot materiallari tarqatildi.
Shuningdek uchrashuv davomida shifokorlarga saylov kodeksining mazmun-mohiyati va saylov qonunchiligini buzganlik uchun ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanganligi tushuntirildi.
Zafarjon Omonov
Jinoyat ishlari bo’yicha
Quva tumani sudining raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube