Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SOG’LOM HAYOT UCHUN 5000 QADAM!
2021-04-10 15:16:43 940
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonda sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilish to’g’risida”gi qaroriga asosan, aholining turli qatlami, xususan, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish tizimini yo’lga qo’yish, yosh avlodni yot illatlardan asrash, mahallalardan tortib, ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini oshirish, uning faoliyatini samarali tashkil etish tizimini shakllantirish vazifasi belgilab berilgan edi.
Shu munosabat bilan Quva tuman hokimligi va Jismoniy tarbiya va sport bo’limi hamkorlikda aholi orasida sog’lom turmush tarzini tadbiq etish, jismoniy faollik va ular o’rtasida yurishni targ’ib qilish maqsadida bugun Quva tumanida “Sog’lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida o’ziga xos yurish, badantarbiya mashg’ulotlari va sport musobaqalari o’tkazildi. Tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari va 400 nafardan ortiq aholi vakillari ishtirok etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube