Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SUDLAR ISHTIROKIDA “SAYYOR QABUL” O’TKAZILDI.
2021-04-11 13:12:24 738
Mamlakatimizda demokratik va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish darajasini, sud ishi yurituvining sifatini, aholining sud idoralari bilan bog’liq muammolarini hal etilishiga ko’maklashish, fuqarolarning huquqiy bilim va savodxonligini yuksaltirish maqsadida Oliy sud raisi, sudyalari, viloyat jinoyat,
fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy sudlari raislari ishtirokida tashkil etilayotgan sayyor qabullar o’z samarasini berib kelmoqda.
Xususan bugun Farg’ona viloyat sudi tomonidan tasdiqlangan "Yo’l xaritasi"ning 144-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Quva tumani 1-sektor tarkibiga kiruvchi Baynalminal MFY hududida viloyat sudining raisi, rais o’rinbosarlari, Quva tumani hokimi, prokurori, Majburiy ijro byurosi, YErmulkkadastr, Uy-joy bo’limi hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida Ayollar va yoshlar daftarida bo’lgan fuqarolar, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sud-xuquq masalalari bo’yicha sayyor qabul o’tkazildi. Sayyor qabulda 22 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi va ularga huquqiy tushuntirish hamda tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube