Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DEPUTATLAR KICHIK SANOAT ZONASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI.
2021-04-11 16:23:39 630
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 iyun kungi “Fag’ona viloyati Quva tumani aholisining bandligini ta'minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi VM-437-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Quva tumanida kichik sanoat zonalarini tashkil etish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan tumandagi 1-sektor hududida 5.38 gektar maydonda “Turk” kichik sanoat zonasi tashkil etilgan. Ushbu sanoat zonasi 37 ta lotlarga ajratilgan. Ma'muriy kengashning tegishli qarorlariga asosan umumiy qiymati 88,8 mlrd. so’m bo’lgan 21 ta loyihalar joylashtirilishi natijasida 372 ta yangi ish o’rinlari tashkil qilish belgilangan.
Hozirgi kunga qadar umumiy qiymati 6 mlrd.so’m bo’lgan 2 ta loyiha ishga tushirilib, buning natijasida 30 ta yangi ish o’rni yaratilgan. Umumiy qiymati 71,0 mlrd. so’m bo’lgan 4 ta loyiha bo’yicha bugungi kunda qurilish-montaj va ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu yerda faoliyat yuritish istagida bo’lgan tadbirkorlarga yanada qulayliklar yaratish va kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash maqsadida tuman hokimligi tomonidan 2 km gaz tarmog’i tortilib, 1 dona transformator nimstantsiyasi (TP), 1 dona suv inshooti o’rnatilib, 0.3 km suv tarmog’i tortildi. Ushbu kommunikatsiya infratuzilmalari uchun byudjet mablag’laridan 500,mln.so’m ajratilgan.
Joriy yilning 10 aprel kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari mazkur kichik sanoat zonasiga tashrif buyurib amalga oshirilayotgan loyihalar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Loyiha tashabbuskorlari bilan uchrashib mavjud muammo va takliflarini tinglashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube