Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QUVA TUMANIDA JORIY YILDA 18 TA KO’P QAVATLI UY-JOYLAR FOYDALANISHGA TOPSHIRILADI.
2021-04-15 17:05:26 1082
Mamlakatimizda aholini arzon uy-joylar bilan ta'minlash borasida ko’plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan Quva tumanida ham O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 yil 28 noyabr kungi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5886-sonli hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 mart kungi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6186-sonli farmonlariga asosan tuman markazida 5 dona 160 xonadonlik, “Boyiston” MFY “Qashqari ariq” ko’chasida 3 dona 96 xonadonlik jami 8 dona qurilish qiymati 52 mlrd.so’mlik 256 xonadonli uylar va “Obod qishloq” davlat dasturiga asosan 10 dona qurilish qiymati 32 mlrd.so’mlik 250 xonadonlik jami bo’lib 18 dona 506 xonadonlik uy-joylar qurilmoqda.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari mazkur ko’p-qavatli uy-joylarda olib borilayotgan qurilish ishlarining holati bilan tanishdi. Shuningdek ushbu honadonlarda fuqarolar uchun yaratiladigan sharoitlar, kommunikatsiya tarmog’i bilan ta'minlanganligi bilan ham tanishib o’tdilar. Qurilish ishlarini sifatli olib borish, pirovard natija aholini barcha qulayliklarga ega, sifatli uy-joylar bilan ta'minlash ekanligi to’g’risida taklif va mulohazalarini bildirib o’tdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube