Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ TA'LIMI QOSHIDA MAXSUS TA'MIRLASH-EKSPLUATATSIYA XIZMATI TASHKIL ETILDI.
2021-04-15 19:39:51 793
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2021 yil 29 yanvardagi “Tuman (shahar) xalq ta'limi bo’limlaridagi “Maxsus ta'mirlash-ekspluatatsiya xizmati” faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi 22-sonli hamda Farg’ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasining 2021 yil 4 fevraldagi 23-sonli buyruqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Quva tuman xalq ta'limi bo’limida “Maxsus ta'mirlash-ekspluatatsiya xizmati” tashkil etildi.
Mazkur hizmatni faoliyatini tashkil etishdan asosiy maqsad tasarrufidagi muassasalar tuman xalq ta'limi bo’limi o’rtasida axborot almashinuvini yo’lga qo’yish, shuningdek, muassasalarda vujudga kelishi mumkin bo’lgan avariya holatlarini zudlik bilan bartaraf etish hamda mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan muassasalarni ta'mirlash uchun ajratiladigan mablag’larni tejamkorlik bilan sarflanishini ta'minlashdan iborat.
Mazkur hizmatning faoliyati yo’lga qo’yilishi munosabati bilan Quva tumani halq ta'limi bo’limi tomonidan amaliy seminar o’tkazildi. Ushbu seminarda tuman hokimining o’rinbosari, viloyat halq ta'limi boshqarmasi mas'ul hodimlari va tuman, shaxar xalq ta'limi bo’limidan vakillar qatnashdilar. Seminar davomida mutaxassislar mazkur hizmatning qulayliklari va afzalliklari to’g’risida so’z yuritib barcha shaxar va tumanlarda tashkil etish bo’yicha fikr bildirdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube