Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QUVALIK TADBIRKORLAR QIRG’IZISTON RESPUBLIKASI BILAN SAMARALI HAMKORLIKNI YO’LGA QO’YADI.
2021-04-25 20:24:22 651
Avval xabar berganimizdek Qirg’iziston Prezidenti Sadir Japarovning 11−12 mart kunlari O’zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Farg’ona va Qirg’izictonning Norin hamda Botken viloyatlari o’rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo’yicha “yo’l xaritalari” imzolangandi.
Mazkur hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Quvalik bir guruh tadbirkorlar hozirda Qirg’iziston Respublikasi Norin viloyati Norin tumaniga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Norin tumani rahbarining shaxsan o’zlari Quvalik tadbirkorlarni qabul qildi.
Quvalik tadbirkorlar va Qirg’iziston RespublikasiNorin tumani tadbirkorlari o’rtasida Sut mahsulotlari va Jun mahsulotlarini qayta ishlash, ko’chat hamda kartoshka yetirish hamda o’zaro savdo aloqalarini keng yo’lga qo’yish masalalarida o’zaro samarali hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida memorandumlar imzolandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube