Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QUVA TUMANIDAGI 26-MAKTABDA PSIXOLOGLAR UCHUN O’QUV SEMINARI O’TKAZILDI.
2021-04-30 23:26:13 776
Quva tumanidagi 26-umumiy o’rta ta'lim maktabida amaliyotchi psixologlar ishtirokida " Maktabda psixologik muxitning shart-sharoitlari" mavzusidagi ukuv seminari tashkillandi. Mazkur seminardan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning o’zlashtirishi, o’qishdagi qiyinchiliklarni, uning o’qishiga ta'sir qilayotgan ijtimoiy omillarni o’rganish, tashxis natijalariga ko’ra tarbiya jarayonini to’g’ri rejalashtirish, yo’lga qo’yilgan xatolarni tuzatish, pedagogik-psixologik profilaktika ishlarini olib borishga qaratilgan.
Shuningdek o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida ishchanlik kayfiyatini uyg’otish, maktabda soglom muxit yaratish, janjalkash o’quvchilar va ruhiy zuriqqan pedagoglar bilan ishlash jarayonlari buyicha fikr almashildi. Bundan tashqari seminarga tashrif buyurgan pedagoglar ta'lim muassasasining keyingi bosqichlariga o’tgan o’quvchilarning yangi ijtimoiy muhitga moslashuvi, o’quv faoliyati, bilim, ko’nikma va malakalarni egallash dinamikasi, shaxs sifatlari, shaxslararo munosabatlar shakllanishini kuzatib borish, tahlil etish, korrektsion mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha malaka va tushunchaga ham ega bo’ldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube