Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QUVA TUMAN HOKIMI OLIY TA'LIM MUASSASALIRA KIRISH IMTIHONLARIGA TAYYORGARLIK KO’RAYOTGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

×

 2021-04-30 23:35:23    36

PDF yuklash
Chop etish


Quva tumani hokimi X.Umarov tumandagi “DIAMOND VALLEY” nodavlat ta'lim muassasasiga tashrif buyurib bu yerda Oliy ta'lim muassasiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar bilan uchrashdi. Muassasada ayni paytda 20 nafardan ortiq yoshlar ish bilan ta'minlangan bo’lib, maktab va kollej bitiruvchilarini oliy ta'lim muassasalariga tayyorlash, kasb-hunar o’rgatish, ishchi-xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish, chet tillarini o’rgatish yo’nalishlari mavjud. 

Muassasa qisqa vaqtlik faoliyat davomida 300 dan ortiq bitiruvchilarni yurtimiz va qo’shni mamlakatlardagi oliy ta'lim muassasalariga davlat granti va to’lov-kontrakt asosida talaba bo’lishlariga, 200 dan ortiq yoshlarni kasb-hunar egallashlariga 300 ga yaqin ishchi-xodimlarni turli o’quv kurslarida malaka oshirishlariga erishdi. Hozirda faoliyatni kengaytirib, ish o’rinlar sonini 100 taga yetkazish va tuman yoshlarini yurtimizdagi va xorijdagi istalgan oliy ta'lim muassasalariga kirish imkoniyatini yaratish maqsadida keng qamrovli ishlarni olib bormoqda. Muassasada aniq, tabiiy va chet tillari fanlarga ixtisoslashgan xususiy maktab faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, o’quvchi yoshlar malakali ustozlardan saboq olmoqdalar. 

Tuman hokimi bu yerdagi yoshlar bilan uchrashib ularning sifatli ta'lim olishlari va kelajakda nufuzli Oliy ta'lim muassasalariga davlat granti asosida tahsil olishlarini tiladi.

Shuningdek jamiyat tomonidan Davlat hususiy sherikchiligi asosida yo’lga qo’yilgan diognostika davolash markaziga tashrif buyurib, bu yerda bemorlarga ko’rsatilayotgan tibbiy hizmatlar bilan tanishdilar. Bemorlar bilan suhbatlashib, yaratilgan sharoitlarni o’rgandi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube