Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


FAXRIY USTOZLAR YODGA OLINDI.

×

 2021-05-07 14:44:00    741

PDF yuklash
Chop etish


Quva tumani sektor rahbarlari tashabbusi bilan “Maktabimni eslab” ijtimoiy loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida sobiq maktab o’quvchilari o’zlari o’qigan maktablarga tashrif buyurib, o’qigan paytlaridagi qiziq voqealarni eslashmoqdalar, o’quvchi yoshlar bilan uchrashib bugungi kunda erishgan yutuqlari haqida suxbatlashmoqdalar.

Shunday tadbirlardan biri tumandagi 9-umumiy o’rta ta'lim maktabida ham bo’lib o’tdi. Mazkur ta'lim dargohini tamomlab bugungi kunda turli hil lavozimlarda faoliyat olib borayotgan sobiq o’quvchilar maktab ositonasiga qadam qo’ydilar. Tadbirda mazkur ta'lim muassasasini tamomlagan Quva tuman hokimining 1-rinbosari N.Umarov, tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari T.Xolmatov, tuman moliya bo’limi boshlig’i J.Zakirov, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir qabulxonasi Quva tuman bo’limi mas'ul xodimi A.Dadajonovlar ham ishtirok etdilar. Tadbirda faol o’quvchilar va ustozlarga esdalik sovg’alari topshirildi. O’quvchilar bilan suhbatlashib maktab davrlari esga olindi.

Bunday tadbirlar tumanimizdagi xar bir ta'lim muassasasida davom etmoqda.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube