Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QUVA TUMANIDA SPORTNING 7 TURI BO’YICHA O’TKAZILGAN MUSOBOQA G’OLIBLARI VA ISHTIROKCHILARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

×

 2021-05-22 12:35:11    836

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining joriy yil 16 aprel kungi o’tkazgan yig’ilish bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida Quva tumanida uyushmagan yoshlarning 17-20, 21-25 va 26-30 yosh toifasida sportning 7 turi bo’yicha maxalla fuqarolar yig’inlari o’rtasida musoboqalar o’tkazildi. Mazkur yo’nalishlarda o’tkazilgan musoboqalarning tuman bosqichlari qizg’in va ko’tarini ruhda bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 22 may kuni musoboqa g’oliblari va ishtirokchilarini munosib taqdirlash maqsadida tuman markaziy o’yingohida kontsert dasturi bo’lib o’tdi. O’tkazilgan tadbirda Quva tuman hokimi, Quva tumani Davlat havfsizligi xizmati bo’limi boshlig’i, tuman pokurori, IIB boshlig’i, tuman Davlat soliq inspektsiyasi rahbari va bir qator hamkor tashkilotlar ishtirok etdilar. 

Musobaqa g’oliblari va ishtirokchilarini Quva tumani hokimi, DXX Quva tuman bo’lim boshlig’i, tuman IIB, tuman prokurori, Jismoniy tarbiya va sport bo’limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube