Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QUTLUG’ MAQOM SOHIBALARIGA YUKSAK EHTIROM KO’RSATILDI

×

 2021-05-22 16:13:25    660

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi tashabbusi bilan boshlanib, bugun butun viloyatda keng nishonlanayotgan “Onalarga ehtirom” festivali bu qutlug’ maqom egasi bo’lgan aziz onalarimizga xalqimizning yuksak mehri va e'tibori ramzi sifatida o’zgacha shukuh bilan davom etmoqda.

Quva tumanidagi Axmad Al-Farg’oniy majmuasida o’tkazilgan “Onalarga extirom” festivalining tuman bosqichida maxalla fuqarolar yig’inlarida 200 ga yaqin onaxonlar ishtirok etdi.

Shuningdek bayram tadbirida insoniy fazilatlari, samarali mehnat faoliyati, oilada farzandlar tarbiyasidagi ibrati bilan el nazariga tushgan onalarga tuman hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari topshirildi, ehtirom gullari ulashildi. 

Tuman madaniyat bo’limining el nazariga tushgan san'atkorlari, kasb-hunar maktabining ijodkor o’qituvchi va o’quvchilari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining havaskor jamoalari tomonidan onalarga ehtirom ramzi sifatida tayyorlangan adabiy-badiiy dastur taqdim qilindi.

Onalarni ulug’lash va sharaflash, ularga ehtirom ko’rsatish, qutlov sovg’alarini ulashish imkonini berayotgan, bu kabi ishlarni ezgu an'anaga aylantirayotgan fetsival tumanimizdagi mahallalar va qishloqlar, korxona, tashkilot va muassasalarda davom etmoqda.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube