Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QUVA TUMANIDA PILLA YIG’IM TERIM MAVSUMI BOSHLANDI.

×

 2021-05-23 21:37:29    802

PDF yuklash
Chop etish


Quva tumanida pilla yig’im-terim mavsumi boshlandi. Pillakorlarning kayfiyati esa judaxam yuqori. Sababi yilda 30-32 kunda yetishtiriladigan hosil bu yil ob-havoning yaxshi bo’lganligi uchun 24-26 kun deganda yetishtirildi. Bundan tashqari ipak qurti uchun juda ham zarur bo’lgan barg ozuqasi vaqtida yetkazib berildi. Bugungi kunga kelib tumanimiz pillakorlari tomonidan sifatli pilla mahsulotlari yetishtirildi.

Pishib yetishtirilgan pillalarni yig’ib terishga ko’mak berish uchun qo’ni-qo’shnilar, shuningdek tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari va tuman mutasaddilari hirmonga barakatilab ushbu honadonlarga kirib kelishmoqda. Pilla yetishtirishning o’ziga hos agrotexnikasidan unumli foydalanayotganliklari esa, yutuqlar omili bo’layotganligi soha soha vakillari tomonidan yana bir bor ta'kidlanmoqda.

Zotan ipak tolasi sanoatimiz taraqqiyotida o’ziga hos o’rin tutadi. 1 tonna pilladan 350 kg ipak, 21 ming metr adras, 13 ming metr atlas kabi 10 dan ortiq mahsulot olinadi. Yana bir jihat, ipak qurti parvarishlagan kishining honadonida yil davomida fayz-u baraka arimaydi. Buni yaxshi anglagan pillakorlarimiz mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazishga harakat qilishmoqda.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube