Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 0 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ISHSIZ YOSHLARNING BANDLIGINI TA'MINLASH JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2021-05-25 22:37:07    47

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizda yoshlarni qo’llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta'minlash borasida sektor rahbarlari va mas'ul rahbarlar tomonidan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hususan ularning bandligi ta'minlanmoqda, imtiyozli kredit olish va dexqonchilik bilan shug’ullanishlari uchun yer maydonlari ajratilmoqda. Quva tumani 1-sektor hududidagi 35 nafar ishsiz yoshlarning qo’shimcha daromad manbaini yaratishlariga ko’maklashish maqsadida turli mehnat qurollari tarqatildi. 

Bugun Quva tumani hokimligida o’tkazilgan uchrashuvda tuman hokimi, 1-sektor rahbari X.Umarov, tuman hokimi o’rinbosarlari N.Umarov, M.Turimov, O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi hamda mas'ul tashkilot rahbarlari ishtirok etib ushbu mehnat qurollarini yoshlarga topshirdilar. Sektor rahbari tomonidan yoshlarning talab va istaklaridan kelib chiqib 8 nafariga tikuv mashinasi, 5 nafariga kimyoviy ishlov beruvchi va sepuvchi dori apparati hamda velosiped, 5 nafariga svarka apparati, 5 nafariga o’tin va daraxtlarni aralaydigan motopila, 2 nafariga multikultuvator, 5 nafariga pishiriq pechlari 2 ta yarim tayyor mebellarga ishlov berish asbob uskunalari, 2 ta karcher apparati komplekti topshirildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube