Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI QUVA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI.
2021-05-28 19:09:26 681
Bugun Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishida yoshlar muammolarini o’rganib borilishi, ularning hal etilishi, yosh avlodning iste'dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha sharoitlar yaratilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da tumanda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan tasdiqlangan tuman Davlat dasturini 2021 yilning to’rt oyi davridagi ijrosi, 2021 yilda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko’maklashish bo’yicha davlat dasturi ijrosi yuzasidan dastur doirasidagi prognoz ko’rsatkichlarni tuman va sektorlar bo’yicha oylar va choraklar kesimida ishlab chiqish, jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo’llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish yuzasidan tumanda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning ijrosi, tumanda sodir etilgan og’ir va o’ta og’ir turdagi jinoiy holatlar va boshqa bir qator jinoyatchilikning oldini olish hamda qishloq xo’jaligi masalalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan sektor rahbarlari, mas'ul rahbarlarning axborotlari tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklar deputatlar ishtirokida muhokama etildi va Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube