Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


FUQARO MUROJAATI O’RGANILDI.

×

 2021-06-22 10:22:44    576

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlar orqali Quva tumani Kandabuloq maxalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro Sh.Qambarovning buyrak kasaliga chalingan ayoliga yordam so’rab qilgan murojaati tuman hokimligi va tegishli mas'ullar ishtirokida ko’rib chiqildi. O’rganish davomida quyidagilar aniqlandi.

Fuqaro Z.Sodiqova 2010 yildan buyon “Surunkali glomerulanifrit” tashxisi bilan ambulator shifoxona sharoitida davolanib kelmoqda. 2013 yilda salomatligi sababli tibbiy xujjatlar asosida 88-sonli Quva tumanlararo TMEK tomonidan 3-guruh nogironligi belgilangan. 2021 yilda davolanish natijadorligi samara bermaganligi sababli joriy yilning may oyida Voxidov nomidagi respublika ixtisoslashgan  xirurgiya markaziga murojaat qilgan. Markazning hulosasi bo’yicha “Surunkali glomerulanifrit aralash turi, tez-tez qaytalanishi, buyraklar ikkilamchi bujmayishi, surunkali buyrak yetishmovchiligi 2-daraja, urumiya, kamqonlik” tashxisi belgilangan va yakuniy hulosa bo’yicha buyrak ko’chirib o’tkazish bo’yicha tavsiya berilgan. Imtiyozli order olish nizomida 1-2-guruh nogironligi belgilangan bemorlarga viloyat, respublika markazlariga imtiyozli order olish huquqi borligini inobatga olgan holda tuman tibbiyot birlashmasi ko’p tarmoqli markaziy poliklinikasi vrach nefrologlar tomonidanO’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining diognostika tekshiruvlaridan o’tkazilib tuman, viloyat va respublika markazlari klinik hulosalari asosida forma 088/U shakl xujjatlari rasmiylashtirilib, nogironlikni muddatdan oldin qayta ko’rib chiqish uchun 88-sonli Quva tumanlararo TMEKga tibbiy xujjatlar 17.06.2021 yil kuni taqdim qilingan va 21.06.2021 yil kuni TMEK tomonidan nogironlikni muddatidan oldin qayta belgilash uchun ro’yxatdan o’tkazilib tegishli komissiya hulosasiga asosan 2-guruh nogironligi belgilangan.

Quva tuman hokimligi

Axborot hizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube