Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


"AYOLLAR SPORT FESTIVALI": SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA MUHIM QADAM BO’LDI

×

 2021-07-03 12:29:32    802

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahridagi “Ahmad al-Farg’oniy” dam olish uyida “Ayollar sport festivali”ning viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

 

Ushbu festivalni o’tkazishdan asosiy maqsad sog’lom turmush tarzini shakllantirish va hayotga tatbiq etish, ayollarning sog’lig’ini mustahkamlash, ijtimoiy faolligini oshirish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, mahallalarda sportning ommaviyligini oshirishdan iborat.

 

Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami oldidan o’tkazilayotgan festivalning viloyat bosqichida tuman va shahar bosqichlarida g’oliblikni qo’lga kiritgan 300 nafar xotin-qizlar qatorida Quva tumani jamoasi ham faol ishtirok ishtirok etishdi.

Festivalni viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi To’lqinoy Tojiyeva o’z tabrik so’zi bilan ochib berdi va ayollar o’rtasida sportni targ’ib qilish onalar salomatligi, oilalarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishiga qaratilayotganligini aytib o’tdi hamda barcha ishtirokchilarni musobaqalarda faol qatnashib, g’olib bo’lishga chorladi.

 

Shundan so’ng festival Nizomi hamda maxsus tayyorlangan stsenariy asosida sportning volleybol, yengil atletika, stol tennisi, shaxmat, darts, suzish va gimnastrada turlari bo’yicha shahar-tumanlardagi mahallalardan kelgan 25 yoshdan yuqori bo’lgan uy bekalari bellashuvlarni boshlab yubordilar.

 

Har bir sport turlari bo’yicha ishtirokchilar olgan baholar hakamlar tomonidan hisoblab borildi.

 

Kunning ikkinchi yarmida festival ishtirokchilari uchun bepul tibbiy xizmat ham ko’rsatildi.

 

Kechga yaqin musoba g’oliblarini taqdirlash marosimi va kontsert dasturi ham o’tkaziladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube