Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


UMUMIY O’RTA TA'LIM MAKTABLARINING YANGI O’QUV YILIGA TAYYORGARLIGI O’RGANILDI.

×

 2021-07-17 22:25:33    804

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig’i Raxmonova Ozoda Djo’rayevna umumiy o’rta ta'lim muassasalarining yangi o’quvyiligi tayyorgarlik xolatlarini o’rganish maqsadida Quva tumanida bo’ldilar.

Ozadaxon Rahmonova tumandagi umumiy o’rta ta'lim maktablarida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. 

Bugungi talablarga mos ravishda maktablarning nafaqat moddiy texnik ba'zasi balki, ta'lim tizimida ish olib borayotgan barcha rahbarlarda fidoiylik, shaxsiy namuna, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon qilish bilan birga uddaburon, tadbirkor bo’lishlari lozimligini ta'kidlab, ijtimoiy tashabbus ko’rsatib, maktablarga homiylik va g’amho’rlik ko’rsatayotgan bir qator mutasaddi rahbarlar va tadbirkorlarga o’z minnatdorchiliklarini bildirib o’tdilar.

Xususan tumanlarda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari borasida yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar ham joylarda o’tkazilgan davra suhbatlarida tanqidiy muhokama etilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube