Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


CHAQALOQ SAVDOSI DAVR MUAMMOSI

×

 2021-07-28 14:19:02    631

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda bugungi kunda eng achinarli holatlardan biri chaqaloq savdosi jinoyatlarida davlat muassasalari xodimlari o’zlarining g’ayriqonuniy harakatlari bilan ishtirok etayotganidir. Bunga tibbiyot xodimlarining katta moddiy manfaat ko’rayotgani asosiy sabab bo’lmoqda.

Xususan, chaqaloq savdosi jinoyatlarining aksariyati bevosita chaqaloqning onasi tomonidan sodir etilgani, jinoyatlarning 12,2 foizi esa chaqaloqning tug’ilishida ishtirok etgan tibbiy xodimlari vositachiligida amalga oshirilgani aniqlangan.

Amaldagi qonunga ko’ra, 18 yoshga to’lmagan shaxslarni ya'ni O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan chaqaloq savdosiga oid jinoyat sodir qilganlarga nisbatan, sakkiz yildan o’n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Tahlillarga ko’ra, 2019-2020 yillarda chaqaloq savdosi bilan bog’liq jinoyatlarda ayblangan 49 nafar ota-ona jinoiy javobgarlikka tortilgan bo’lsada, ularning 19 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 18 nafariga sinov muddati berilgan. 3 nafari axloq tuzatish ishlariga jalb qilingan. Ushbu jinoyatlarda vositachi sifatida ishtirok etgan 38 nafar shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlangan.

Xulosa qilib aytish lozimki, Oilada, odob-axloq va ta'lim-tarbiyaga e'tibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. “Bir bolaga yetti qo’shni ota-ona” degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos. Mana shu maqolning o’zi ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun nechog’lik muhim ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar ko’chada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo o’tib ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib to’g’ri yo’lga chaqirgan. Zero, har tomonlama chiroyli, odobli, go’zal xulqli bo’lish, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimiz oilaga katta ahamiyat beradi.

 

X.Abdullayev
Jinoyat ishlari bo’yicha
Quva tumani sudning sudya yordamchisi




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube