Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’ZBEKISTONDA ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASH
2021-08-28 08:24:08 1408
Xalqaro talablarga muvofiq, odam savdosi og’ir jinoyat va inson huquqlarini qo’pol ravishda buzilishi deb tasniflanadi. Mamlakatlar buning uchun jazoni mustaqil ravishda belgilaydilar. Odam savdosiga qarshi kurashish borasida O’zbekistonda 2008 yili tegishli Qonun qabul qilingan edi. Oradan 12 yil o’tib, qonun talabga javob bermay qoldi. Joriy yilning 17 avgustida yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasining «Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi. Qonunda odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha muhim tamoyillar belgilanib, asosiy tushunchalarga aniq ta'riflar berilgan. Bu, o’z navbatida, odam savdosi bilan shug’ullanuvchilarni jinoiy ta'qib etish, shuningdek, jabrlanuvchilarning huquqiy manfaatlarini himoyalashda qonuniy asos bo’lib xizmat qiladi.
Milliy qonunchilikda ilgari bo’lmagan odam savdosi jabrdiydalarini identifikatsiya qilish va ularni qayta yo’naltirish tushunchalari alohida bobda aks etgan. Voyaga yetmaganlar savdosining oldini olish ham muhim jihat hisoblanadi. Qonun odam savdosi jabrdiydalari bo’lmish fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoyalash hamda davlat organlari tashabbuskorligini oshirish, Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi boshchiligida vakolatli organlarning o’zaro hamkorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Va eng muhimi, odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida xolis va to’g’ri ma'lumotlarni keng jamoatchilik hamda xalqaro hamjamiyatga yetkazishga ko’maklashadi.
S.Isroilov
Jinoyat ishlari bo’yicha
Quva tumani sudining
arxiv mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube