Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2021 YIL 1 SENTYABRDAN BOSHLAB 14 YOSHGACHA BOLALARI BO’LGAN OILALARGA NAFAQA HAMDA BOLA 2 YOSHGA TO’LGUNIGA QADAR UNI PARVARISH QILISH NAFAQASI O’RNIGA KAM TA'MINLANGAN OILALARGA 18 YOSHGACHA BOLALAR TAYINLANADI
2021-09-23 09:37:28 10528
Bola tarbiyalayotgan oilalarni qo’llab-quvvatlash tizimining samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoya va ko’makka muhtoj oilalar moddiy ta'minotini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda umume'tirof etilgan xalqaro standartlarni va avtomatlashgan shaffof elektron baholash mexanizmlarini joriy etish orqali nafaqalarni to’lash tizimini bolalar salohiyatini rivojlantirish va kambag’allikni qisqartirishga qaratish maqsadida:
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:
a) 14 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to’lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o’rniga kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi (keyingi o’rinlarda — bolalar nafaqasi) joriy etiladi. Bunda, bolalar nafaqasini tayinlashda:
inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;
to’lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshiriladi;
uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo’llaniladi;
b) yakka-yolg’iz bo’lgan fuqarolarga, farzandi bo’lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo’lgan kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab bolalar nafaqasi va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam to’lovlarining quyidagi miqdorlari belgilansin:
a) bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
250 000 so’m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bitta farzandi uchun, 325 000 so’m — yoshi 3 yoshgacha bo’lgan bitta kichik farzandi uchun;
150 000 so’m — oilaning ikkinchi farzandi uchun qo’shimcha;
100 000 so’mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;
b) kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 380 000 so’m.
Bunda, 2021 yil 1 sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to’lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordamni to’lash muddatlari tugaguniga qadar, mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni to’lash muddatlari saqlab qolinadi.
R.Turdiyev
Quva tuman Byudetdan tashqari
pensiya jamg’armasi raxbari
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube