Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YOSHLARNI OT SPORTI O’YINLARIGA JALB QILISH YO’LIDA 

×

 2021-10-04 14:35:36    595

PDF yuklash
Chop etish


Kuni kecha kuni Milliy gvardiya Farg’ona viloyati boshqarmasi hamda Qo’riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Quva tumanida uyushmagan yoshlar o’rtasida “Ot ustida kurash” hamda “Olomon poyga” milliy sport turlari bo’yicha musobaqalar tashkil etildi. Ot jilovini mahkam tutgan holda muvozanatni saqlab, bor kuch va shijoati bilan raqibni otning ustidan yiqitish yoki belgilangan hududdan chiqarib tashlash juda murakkab vazifadir. Qizg’in kechgan bellashuvlarda yoshlarning chapdastligi, mahorati sinovdan o’tkazilib, vohalik nomdor chavandozlar tomonidan ularning harakatlari baholanib borildi. Tadbirga Milliy gvardiya xodimlari uyushmagan yoshlar hamda mahalliy aholi vakillari jalb qilindi.  

Shuningdek, ot poygasi ham yanada shiddatli va zavqli bo’ldi. Musobaqa so’ngida faol ishtirokchilar Milliy gvardiya Qo’riqlash boshqarmasi va tuman hokimligining  diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube