Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


KODEKSGA YARASHUV INSTITUTI KIRITILDI

×

 2021-10-19 11:04:34    565

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari rioya qilishlari, shuningdek o’z huquqlari hamda erkinliklarini amalga oshirish, qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, axoli o’rtasida qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta'minlashga borasida izchil isloxatlar o’tkazilmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 04 oktyabr kungi “O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish haqida”gi O’RQ-720-sonli qonunining 1-moddasi 2-bandi bilan ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u o’z aybiga iqror bo’lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma'muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi nazarda tutuvchi modda bilan to’ldirildi.

O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks 212-modda bilan to’ldirilib, tomonlar yarashilganligi munosabati bilan ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish belgilab berildi.

Ya'ni, ushbu Kodeksning 40-moddasida (tuhmat), 41-moddasida (haqorat qilish), 45-moddasida (fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish), 46-moddasida (fuqaroga ma'naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo’lgan ma'lumotlarni oshkor etish), 461-moddasida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 52-moddasida (engil tan jarohati yetkazish), 612-moddasida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 104-moddasida (ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo’jalik ekinlarining dalada to’plab qo’yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo’q qilib yuborish, ko’chatlarga shikast yetkazish), 133-moddasida (transport vositalari haydovchilarining yo’l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi), 134-moddasida (haydovchilarning yo’l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi), 183-moddasida (mayda bezorilik) hamda 200-moddasida (o’zboshimchalik) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u o’z aybiga iqror bo’lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma'muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Ma'muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish to’g’risida qaror chiqaradi va ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini ushbu Kodeksning 3131-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

Jabrlanuvchi yoxud uning qonuniy vakili yarashuv to’g’risidagi arizani ish vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ko’rib chiqilishi vaqtida, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud qaror chiqarguniga qadar berishi mumkin.

Arizada yetkazilgan zarar bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan ma'muriy huquqbuzarlik haqidagi ish yuritilishini tugatish to’g’risidagi iltimos ko’rsatilgan bo’lishi kerak.

Agar yarashuv haqidagi ariza ish birinchi instantsiya sudida sud muhokamasidan o’tkazilayotganda berilgan bo’lsa, sud uni darhol ko’rib chiqishga kirishadi.

Agar ish bo’yicha bir necha jabrlanuvchi bo’lsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv to’g’risidagi ishni yuritish mumkin.

Arizani qabul qilish chog’ida vakolatli organ (mansabdor shaxs) va sud jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish bo’yicha ish yuritishni qayta tiklash haqida iltimosnoma berish huquqini yo’qotishini tushuntirishi shartligi belgilab berildi.

Sud sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar jamiyatimizda huquqbuzarlikni oldini olish hamda jinoyatlarning barvaqt profilaktikasini ta'minlash, bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, aholining huquqiy faolligini yanada oshirishga karatilgan.

 

Q.Abdullayev   

Jinoyat ishlari bo’yicha
Quva tuman sudining sudyasi                       
                                                                                         


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube