Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘ isida”gi qaror ijroda

×

 2022-07-14 17:21:12    358

PDF yuklash
Chop etish


Xalq Deputatlari Quva tumani kengashining 10 fevral 2022 yildagi Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risidagi VI-35-21-11-156-K/22- sonli qaroriga asosan. 2022 yil "tashabbusli budjet" jarayoni 1 bosqichida o‘zlarini yillar davomida qiynab kelayotgan jamoaviy muammolar (xiyonbonlar, bolalar maydonchasi barpo etish, ichki yo‘llarni va ijtimoiy ob’ektlarni ta’mirlash, ekologiyani yaxshilash, ichimlik va oqava suvi bilan ta’minlash, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish (ta’mirlash) va shu kabilar) ishlarini amalga oshirish uchun 14 ta takliflar eng ko‘p ovoz yig‘ib g‘olib bo’lishdi. Bulardan 11 ta g‘olib takliflar ichki yo‘llarni aflatlashtirish bo‘lib bugungi kunga kelib asfaltlashtirish ishlari yakuniga yetkazildi.

Jumladan;

Baynalminal Mahalla fuqarolar yig‘ini 3819 ta ovoz to‘plab, Qo‘shkechik ko‘chasini 1500 metr qismi asfaltlashtirildi.  

          Paxtakor Mahalla fuqarolar yig‘ini 3797 ta ovoz to‘plab, Yoshlik, o‘zbek, tojik ko‘chalarini 2500 metr qismi asfaltlashtirildi.

Tinchlik Mahalla fuqarolar yig‘ini 3257 ta ovoz to‘plab, Fidoyi ko‘chasini 2500 metr qismi asfaltlashtirildi.

Qorashoh Mahalla fuqarolar yig‘ini 2957 ta ovoz to‘plab, Sarboz ko‘chasini 650 metr qismi asfaltlashtirildi.

Jalaer Mahalla fuqarolar yig‘ini 2930 ta ovoz to‘plab, F. Otajonov ko‘chasini 1000 metr qismi asfaltlashtirildi.

Novkent Mahalla fuqarolar yig‘ini 2695 ta ovoz to‘plab, Obod mahalla, Ziyonur, Nurafshon ko‘chalarini  1750 metr qismi asfaltlashtirildi.

Qorashoh Mahalla fuqarolar yig‘ini 2693 ta ovoz to‘plab,  ichki ko‘chalarni 2500 metr qismi asfaltlashtirildi.

Katta Dehqonobod Mahalla fuqarolar yig‘ini 2616 ta ovoz to‘plab, SHo‘rmahalla, Mehnatobod ko‘chalarini 2500 metr qismi asfaltlashtirildi.

O‘zbekiston Mahalla fuqarolar yig‘ini 2605 ta ovoz to‘plab, O’zbekiskion ko‘chasini 850 metr qismi asfaltlashtirildi.

Guliston Mahalla fuqarolar yig‘ini 2576 ta ovoz to‘plab, Turkiston ko‘chasini 2000 metr qismi asfaltlashtirildi.

Taxtako‘pirik Mahalla fuqarolar yig‘ini 2525 ta ovoz to‘plab, Bunyodkor ko‘chasini 1000 metr qismi asfaltlashtirildi.

2022 yil "tashabbusli budjet" jarayoni 2 bosqichi  joriy yilning iyul va avgust oyilarida bo‘lib o’tadi. Fuqarolarimizdan ushbu jarayonda faol qatnashib, o‘zlarini yillar davomida qiynab kelayotgan jamoaviy muammolar (xiyonbonlar, bolalar maydonchasi barpo etish, ichki yo‘llarni va ijtimoiy ob’ektlarni ta’mirlash, ekologiyani yaxshilash, ichimlik va oqava suvi bilan ta’minlash, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish (ta’mirlash) va shu kabi) takliflarni berib g‘olib bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.