Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi to‘g‘risida hisobot
2022-07-28 16:48:41 546
2022 yil 1 yanvar holatiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisob raqamlarida 3 mln. 304 ming so‘m qoldiq mablag‘lari mavjud bo‘lib, o‘tgan olti oy davomida viloyat bo‘yicha “Mahalla” xayriya jamoat fondi Quva tumani bo‘linmasi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamlariga 394 mln. 579 ming so‘m mablag‘ yig‘ildi. O‘tgan olti oy davomida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarori asosida qariyb 608 nafar oilaga 330 mln. 600 ming so‘m mablag‘ sarf etildi.
Jumladan, mahallalarda tashkil etilgan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. O‘tgan olti oy davomida “Temir daftar”ga kiritilgan 41 nafar fuqarolarni moddiy qo‘llab quvvatlashga 15 mln. 400 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, ko‘p farzandli oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz qariyalar kabi ehtiyojmand oilalarning 567 nafariga 315 mln. 200 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
2022 yil 1 iyul holatiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamlarida viloyat bo‘yicha 64 mln. 284 ming so‘m pul mablag‘lari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-73-son Qarori 8-ilovasi 20-bandiga muvofiq “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi tomonidan respublika miqyosida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirilishi yuzasidan hisoboti O’zbekiston 24 kanali orqali 2022 yil 20 apreldagi briffingi davomida o‘qib eshittirildi, shuningdek, respublika boshqaruvi rasmiy veb-sayti(https://obfm.uz/uz)ga 23 aprel va 26 mayda jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobot joylashtirildi.
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan kam ta’minlangan oilalarga mablag‘ ajratish faqatgina xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarori bilan amalga oshirib kelinmoqda.