Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qununchilikdagi yangiliklar
2022-11-22 20:08:20 572
Respublikada davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 12-noyabrdagi PF-5872-son, “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son va “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmonlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish bo’yicha tartiblar ishlab chiqilmoqda.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-aprel kungi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 177-sonli qarori yuqoridagi yangiliklarga misol bo‘ladi.
Ushbu qaror bilan shaxsiy identifikatsiya raqami O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet elda doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar) berilishi belgilangan.
Talabgorlarga shaxsiy identifikatsiya raqami Davlat personallashtirish markazi tomonidan ma’lumotlarni to‘plash punktining talabnomasi asosida avtomatlashtirilgan tizim orqali bir ish kunida shakllantiriladi va beriladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan barcha shaxslarga tug‘ilganlikni qayd etish jarayonida — qat’iy ravishda FHDY organlari tomonidan;
xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga identifikatsiya ID-kartasi berilganda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga — davlat xizmatlari markazlari tomonidan;
xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga identifikatsiya ID-kartasi berilganda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolariga — ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjati rasmiylashtirilganda — ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan;
xorijiy davlatda yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlariga (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan beriladi.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanishi, soliq organlarida soliq to‘lovchilarning hisobi shaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalangan holda yuritilishida qulaylik yaratadi.
Quva tuman DXM direktori N.Kamchiyev