Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Quva tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘ isida”gi PQ–5072-sonli qarori ijrosi amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
2023-10-09 19:10:21 282
Xalq Deputatlari Quva tumani kengashining 18 Aprel 2023 yildagi “2023-yil birinchi bosqich jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risida” gi VI-50-65-11-156-K/22-sonli qaroriga asosan, 2023 yil "tashabbusli budjet" jarayoni 1 bosqichida o‘zlarini yillar davomida qiynab kelayotgan jamoaviy muammolar (xiyonbonlar, bolalar maydonchasi barpo etish, ichki yo‘llarni va ijtimoiy ob’ektlarni ta’mirlash, ekologiyani yaxshilash, ichimlik va oqava suvi bilan ta’minlash, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish (ta’mirlash) va shu kabilar) ishlarini amalga oshirish uchun 8 ta loyihalar, 9 mlrd 590 mln so‘mlik takliflar eng ko‘p ovoz yig‘ib g‘olib bo’lishdi.
Jumladan;
1.Katta Dexqonobod Mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Jiydalimozor qabristonini to‘liq tartibga keltirish tadbirlari uchun 7207 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
2.Taxtako‘prik Mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Tibbiyot birlashmasini tom qismiga quyosh panellari o‘rnatish uchun 6725 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda quyosh panellari o‘rnatish ishlari yakunlangan.
3.Katta Dexqonobod Mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan maxalla guzariga yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga yoshlar madaniyat barpo etish uchun 6035 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
4.Turk Mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Quva tuman kasb-hunar maktabi o‘quvchilar turar joyida yuvinish xonalarini ta’mirlash, Xojatxona ichki va tashqi qismi to‘liq ta’mirlash, Sport maydonchasidagi asfalt va beton qorishmali maydon o‘rnida zamonaviy mini stadion qurish uchun 5820 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 190 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
5. Qoraqum MFY xududidagi Qoraqum ko‘chasi, Zartepa ko‘chasi, Qalmoq ko‘chalarini ichki yo‘llarini 3 km asfaltlashtirish uchun 5979 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda asfaltlashtirish ishlari yakunlangan.
6.Katta Dexqonobod Mahalla fuqarolar yig‘ini xududi joylashgan sport maydonchasini bo‘sh turgan kisimiga sport zali qurish uchun 5730 ta ovoz to‘plab
1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
7. Qalinpo‘stin MFY xududidagi Qalinpo‘stin ko‘chasi 1000 metr, Dorboz maxalla 2000 metr asfaltlashtirish uchun 4821 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda asfaltlashtirish ishlari yakunlangan.
8. Kattaqishlok MFY xududidagi 3200 metr ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish uchun 4459 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda asfaltlashtirish ishlari yakunlangan.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10-apreldagi “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish xamda faol maxallalarni ko‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-117-sonli qaroriga asosan, tumandagi 15 ta xar biri 2 ming tadan ortiq ovoz to‘plagan loyixalarni xam g‘olib deb topilib 16 mlrd 660 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘lar ajratilgan.
1.Baxor MFY xududida joylashgan 39 maktab filialining binosi mukammal ta’mirlash uchun 2573 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
2.Bo‘ston MFY hududidagi 101-sonli oilaviy poliklinikaga qo‘shimcha bino qurish uchun 4042 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda qurilish ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda.
3. Guliston MFY xududida ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish uchun 3026 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda asfaltlashtirish ishlari yakunlangan.
4.Guliston MFY xududida joylashgan 37-son umumta’lim maktabini zamonaviy elektron doskalar va o‘quv jixozlari bilan ta’minlash uchun 2668 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda jixozlash ishlari yakunlangan.
5.Quva tumani Iftixor MFY Drenaj ko‘chasiga yangi ichimlik suvi qazib chiqarish tarmoq tortish uchun 2088 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda qurilish ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda.
6.Quva tumani Qaqir MFYda joylashgan 40-sonli maktabni ta‘mirlash uchun 2066 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda qurilish ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda.
7.Quva tumani Davlat arxivi binosini tom qismini ta‘mirlash va rekonstruksiya qilish uchun 2047 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda qurilish ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda.
8.Qoraqum MFY xududidagi Mozortagi, Ro‘ziqul, Teraktagi ko‘chalarni 3 km asfaltlashtirish uchun 2230 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda asfaltlashtirish ishlari yakunlangan.
9.Oltinariq MFY xududidagi Barkamol ko‘chasini 2000, Isloxat ko‘chasini 1000 metr qismiga asfalt yotqizish uchun 3032 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda asfaltlashtirish ishlari yakunlangan.
10. Tolmozor MFY xududidagi 23-Maktabgacha ta‘lim muassasasining sport zali, oshxona va musiqa zallarini kapital remont qilish hamda yozgi o‘yingoh qurish uchun 3913 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda qurilish ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda.
11. Quva tuman Toshkent MFY xududidagi 9-maktab o‘quv binosini joriy ta‘mirlash uchun 2324 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda qurilish ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda.
12. Quva tumani Chilon MFYdagi 18-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi xududiga usti yopiq suniy chim bilan qoplangan mini futbol maydoni (yuvinish xonasi va 20 kishilik muxlislar uchun o‘tirish joyi bilan birga) barpo etish uchun 2064 ta ovoz to‘plab 1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda qurilish ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda.
13. Quva tuman Chilon MFY xududiga 4 dona elektr transformator o‘rnatish (7000 metr elektr liniyasi beton tayanch ustunlari bilan) uchun 2200 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 110 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda qurilish ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda.
14. Yangi Xayot MFY xududidagi 26 maktabga zamonaviy tipdagi qo‘shimcha 1 etajli 7 xonadan iborat yangi bino qurish uchun 4099 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda qurilish ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda.
15. Katta Dexkonobod MFY xududida joylashgan Quva tumani 8-umumta‘lim maktabidagi 7 ta xonasiga zamonaviy xona jixozlari xamda elektron doska bilan ta‘minlash uchun 2010 ta ovoz to‘plab 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi hozirda jixozlash ishlari yakunlangan.
Ushbu yuqoridagi ishlarni amalga oshirsh uchun 1-bosqichda fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan 23 ta loyixa buyicha 26 mlrd 250 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
2023 yil "Tashabbusli budjet" jarayoni 2 bosqichida o‘zlarini yillar davomida qiynab kelayotgan jamoaviy muammolar (xiyonbonlar, bolalar maydonchasi barpo etish, ichki yo‘llarni va ijtimoiy ob’ektlarni ta‘mirlash, ekologiyani yaxshilash, ichimlik va oqava suvi bilan ta’minlash, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish (ta’mirlash) va shu kabilar) ishlarini amalga oshirish uchun 6 ta 7 mlrd 780 mln so‘mlik takliflar eng ko’p ovoz yig‘ib g‘olib bo‘lishdi.
Jumladan,
1. Chilon mahalla fuqarolar yig‘ini ichki ko‘chalarini asfaltlashtirish uchun 6497 ta ovoz to‘plab g‘olib deb topildi.
2. Chilon MFY xududidagi ko‘chalarga 16000 metrga 50 mm 2 li sip elektr kabellari liniyasi tarmog‘larini tortish va xududdagi 30 dona 10 kv liniyali beton tayanch ustunlarini yangilash va quyosh panelli ko'cha chiroqlari o‘rnatish uchun 6265 ta ovoz to‘plab g‘olib deb topildi.
3. Quva tumani 48-umumiy o‘rta ta‘lim maktabini sinf xonalarini zamonaviy elektron doskalar hamda o‘quvchilar uchun stol stollar, partalar va mebel jixozlari bilan jixozlash uchun 6176 ta ovoz to‘plab g‘olib deb topildi.
4. Quva tumani Baynalminal MFYdagi Xojibek ko‘chasini ichki yo‘llarini 3 km qismini asfaltlashtirish uchun 6122 ta ovoz to‘plab g‘olib deb topildi.
5. Chilon MFY Orifboy ko‘chasiga yangi sip 50 mm 2 li elektr kabel tarmog‘i tortish va 10 kvli tarmoqlarni yangilash uchun 5990 ta ovoz to‘plab g‘olib deb topildi.
6. Kattaqishloq MFY Yangi cheklar 1- km Qo‘rg‘oncha 500-metr, Latok bo‘yi 500-metr, Shaxmat 700-metr, Tol ko‘cha 300-metr qismini Eni 3.5 metr, uzunligi 3 km qismini asfaltlash uchun 5916 ta ovoz to‘plab g‘olib deb topildi.
Ushbu yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun 2-bosqichda fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan 7 mlrd 780 mln so’m mablag‘ yo‘naltirildi.Hozirda loyixalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.