Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Eng kam pensiya va nafaqa miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkazildi
2024-05-29 09:47:35 197
Eng kam pensiya va nafaqa miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkazildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida" 2024-yil 30-aprel kuni PF–69-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024-yilning 1-mayidan boshlab minimal iste’mol xarajatlari 648 ming so‘m miqdorda belgilanganligi sababli quyidagi pensiya va nafaqalar miqdorlari oshirildi:
☑️ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so‘m; ☑️yoshga doir nafaqa miqdori – oyiga 648 ming so‘m;☑️boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so‘m;☑️boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 648 ming so‘m;☑️o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan (parvarishlash) nafaqa miqdori - oyiga 648 ming so‘m etib belgilandi.
???????? Buning natijasida 1 061 ming nafar eng kam pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarning pensiya va nafaqalari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkaziladi.
Shuningdek, 2024-yil maydan xususiy sektorda ishlovchi ayollarga Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan to‘lanadigan homiladorlik va tug‘ish nafaqalari miqdori 2 592 ming so‘mni tashkil etdi.
???? Bundan tashqari, "Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashda oila daromadi mezoni sifatida minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdori 648 ming so‘m qabul qilindi.
???? Minimal iste’mol xarajatlari yangi miqdorining amaliyotga joriy etilishi natijasida chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun joriy yil yakuniga qadar jami 262 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Ma’lumot uchun: yuqoridagi miqdorda pensiya va nafaqa oluvchilarga pensiya va nafaqalar joriy yilning may oyidan yangi miqdorda to‘lanadi.