Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Sog’lom bola-sog’lom oila mevasi

×

 2019-05-20 12:33:41    1360

PDF yuklash
Chop etish


Quva tumanidagi Doktor Arslonov klinikasi binosida Yoshlar ittifoqi Quva tuman kengashi, Xotin-qizlar qo'mitasi, Oila ilmiy-amaliy markazi, Milliy tiklanish partiyasi, deputatlar, dotsentlar, yoshi ulug‘ va yosh namumali oilalar hamda “Quva hayoti” gazetasi hamkorlikda «15 may-Halqaro oila kuni»ga bag’ishlangan “Sog’lom bola-sog’lom oila mevasi” mavzusidagi ma'rifiy-adabiy tadbir o'tkazildi.Oila bo‘g‘iniga alohida bir kun ajratilishining asosiy sabablaridan biri BMT ta’rificha “Bir oila – butun insoniyat oilalarining birligidir”, u jamiyatning kichik bo‘g‘ini, vatan ichra vatandir. Jamiyat a’zosining tom ma’nodagi yetuk shaxs, komil inson bo‘lib yetishishi uzluksiz oila bilan bog‘liq.Bugun yoshlar orasida oilalarning buzilishi ko‘payib borayotgani sir emas. Bu masala hozirgi paytda nafaqat xalqimiz, balki butun dunyo xalqlarini tashvishga solib turibdi. Bu borada davlat va jamoat tashkilotlarida juda ko‘p ilmiy anjumanlar tashkil etilyapti, tadqiqotlar o‘tkazilyapti va qarorlar qabul qilinyapti. Tuman kengashi raisining ta’kidlashicha oilada mehr-muhabbatning yuzaga kelishi va hukm surishi uchun quyidagi shartlarning bo‘lishi ko‘zda tutiladi:
oila a’zolarining bir-birini qadrlashi;oila a’zolarining bir-birlariga ishonishi va himoyalashi;yaqinlik, o‘zaro yordam va o‘y-fikrlarini o‘rtoqlashish;mas’uliyatni his qilishlari (ota-onalarning o‘z burch va mas’uliyatlarini his etishi);qiyinchiliklarga qarshi birgalikda kurashib, ularni hal qilishlari;o‘zligini ifoda eta olish va baxtli yashash uchun munosib muhit yarata olish;sog‘lom moddiy va ma’naviy hayotga ega bo‘lishlari.
Tadbir yakunida doktor Murodiljon Arslonov tomonidanyoshi ulug‘ va yosh namunali oilalar vakillari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.