Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


JAMIYAT QOIDALARINI BUZGAN SHAXS JAZOGA TORTILDI

×

 2021-03-13 20:06:30    711

PDF yuklash
Chop etish


Quva tumani, Go’zal mahalla fuqarolar yig’ini yashovchi A.T muqaddam ma'muriy javobgarlikka tortilgan bo’lsada o’ziga tegishli xulosa qilmay takroran 2020 yil 31 dekabr kuni soat 2000larda mast holda Quva tumani, Go’zal mahalla fuqarolar yig’ini, Tinchlik ko’chasida joylashgan ko’p qavatli uylar oldiga kelib, hech bir sababsiz ushbu yerda bo’lgan mahalla ayollariga uyatli so’zlar bilan so’kib, baland ovozda baqir-chaqir qilgan, so’ng A.T voqea joyiga kelgan tuman IIB xodimlarini huquqbuzarlikni to’xtatish haqidagi talablariga bo’ysunmasdan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, fuqarolarni tinchligi va osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik qilganlik holati yuzasidan unga nisbatan ma'muriy materiali to’plangan.

Jinoyat ishlari bo’yicha Quva tumani sudining qaroriga ko’ra A.T O’zbekiston Respublikasi MJtK 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida ko’rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, O’zbekiston Respublikasi MJtK 34-moddasi tartibida uzil-kesil 7 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mayda bezorilik tushunchasi O’zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 183-moddasida berilgan bo’lib, uning mazmuniga ko’ra, ushbu huquqbuzarlik jamoat joylarida uyatli so’zlar aytish, behayo qiliqlar ko’rsatish, fuqarolarga nisbatan haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini boshqacha tarzda buzish kabi jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslikda ifodalanadi.

Muqaddam ma'muriy javobgarlikka tortilgan bo’lishiga qaramay takroran huquqbuzarlik sodir qilish jazo tayinlashda og’irlashtiruvchi holatlar deb topiladi.


X.Abdullayev
Jinoyat ishlari bo’yicha Quva
tumani   sudining sudya yordamchisi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube