Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SUD HOKIMIYATI ORGANLARI FAOLIYATIDA YANGI DAVR
2021-03-16 17:08:56 884
O’zbekistonda odil sudlovga erishish va sudlar faoliyatida ochiqlik hamda shaffoflikni ta'minlash borasida muhim chora-tadbirlar izchillik bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa, so’ngi ikki oy davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sud hokimiyatiga oid 3 ta Farmonining imzolanishi sohada amalga oshirilishi ko’zlangan maqsadga erishish uchun ulkan qadamlar bo’ldi. Bunday islohot O’zbekiston sud tizimining tarixida qilinmagan va yaqin kelajagida qilinishi dargumon bo’lgan islohotlar deb qo’rqmay aytish mumkin.
Xronologik tarzda tahlil qiladigan bo’lsak, Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 30 avgustdagi “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3250-sonli Qarori, 2017 yil 21 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni, 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6034-sonli Farmoni va 2020 yil 3 sentyabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4818-sonli Qarorlari O’zbekiston Respublikasidagi sud hokimiyati imidjini butkul yangicha ko’rinishga olib keldi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3250-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017-2020 yillarda Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturining ijrosi natijasida sudlarga masofadan turib murojaat qilish, sud majlislarida videokonferentsaloqa tizimidan foydalanib ishtirok etish, sudyalar o’rtasida ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash, sud qarorlarini Internet tarmog’ida e'lon qilish, ijro hujjatlarini elektron shaklda majburiy ijroga yuborish tizimlari joriy etilgan edi va bu amaliyotda o’z samarasini bermoqda.
PQ-3250-sonli qarorning mantiqiy davomi sifatida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4818-sonli qarori bilan sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirishning optimal vazifalari belgilandi. Bular fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlariga ko’rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini kengaytirish, har bir murojaatni ko’rib chiqish jarayonining onlayn kuzatib borilishini ta'minlash, sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish; sudlarda odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarning tezkorlik bilan olinishini ta'minlash uchun vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan elektron ma'lumotlar almashinuvini yanada kengaytirish; maxsus axborot dasturlarini joriy etish orqali sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash; sud majlislarida masofadan turib, jumladan, mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish, shuningdek ish bo’yicha taraflar uchun sud qarorlarini onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish; sudning axborot tizimlari, ma'lumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlari axborot va kiberxavfsizligini ta'minlash, xizmat axborotlari va ma'lumotlarini kompleks himoya qilish bo’yicha choralarni kuchaytirishd kabi vazifalardir
Xulosa qilib aytganda, muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2020 yil
3 sentyabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4818-sonli qarori Respublikamizda sudlar faoliyatida o’ziga xos “inqilob” bo’lib, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlariga o’z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, odil sudlovga erishishni, sudlar faoliyatida ochiqlikni, shaffoflikni ta'minlashga, sudlar bilan boshqa davlat organlari o’rtasida ma'lumot almashinuvini yaxshilashga xizmat qiladi.
S.Axmadjonov va J.Umurzakov
Farg’ona tumanlararo iqtisodiy sudi
devonxona va arxiv mudirlari
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube