Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’TTIZ MING NAFARDAN ZIYOD AHOLI ICHIMLIK SUVI BILAN TA'MINLANADI.
2021-04-01 16:31:18 706
Quva tumanining Sanoatchilar, Toshxovuz, Madaniyat, Gulobod, M.Xasanov, Nayman maxalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi fuqarolarni uzoq yillardan buyon ichimlik suvi muammosi qiynab kelardi. Bu esa o’z navbatida aholining haqli e'tirozlariga sabab bo’layotgan edi. Viloyat hokimi hamda tuman sektor rahbarlarining tashabbusi bilan Sanoatchilar MFY hududidagi 50 sotix maydonda joylashgan suv inshooti mavjud bo’lib uzoq yillardan buyon ishlatilmas edi.
Mazkur suv inshootini rekonstruktsiya qilish orqali aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida qurilish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu ishlar uchun qariyb 1,6 mlrd.so’m mablag’ sarflanishi va buning natijasida atrof hududdagi 7 ta maxalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi 30 ming nafardan ziyod aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlanishi rejalashtirilgan. O’z navbatida ushbu ishlarni qisqa muddat sifatli qilib yakunlash bo’yicha xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari deputatlik nazoratini o’rnatdilar.
Quva tuman hokimligi
Axborot hizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube