Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHXOVUZ MAXALLASI AHOLISINING MUROJAATLARI O’RGANILDI.

×

 2021-04-14 19:26:50    779

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlar orqali tumandagi Toshxovuz maxalla fuqarolar yig’ining Birdamlik va Yoshlik ko’chalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan elektr tarmoqlarini yaxshilash, ichimlik suvi tarmog’i tortish, ichki yo’llarni asfaltlashtirish bilan bog’liq murojaatlari yuzasidan bir qancha maqolalar chop etildi. Albatta bu esa o’z o’rnida ko’plab muhokamalarga sabab bo’ldi.

Mazkur murojaatlarni o’rganish va hal etish choralarini ko’rish maqsadida tuman hokimligi Axborot hizmati tomonidan tegishli tuman hokimi o’rinbosari va mutasaddi idora rahbarlari bilan birgalik ushbu mahallaga tashrif buyurdik va aholi vakillari bilan uchrashdik. Xaqiqatda uzoq yillar davomida to’planib qolgan muammolar aholini qiynab kelmoqda. Ushbu muammolarni o’rganish davomida quyidagilar aniqlandi.

        Birdamlik va Yoshlik ko’chalarida bugungi kunda 200 dan ortiq honadon mavjud bo’lib ichimlik suvi tarmog’i tortish zarur. Bu bo’yicha tumandagi Sanoatchilar MFY hududida rekonstruktsiya qilinayotgan suv qudug’i ishga tushishi natijasida mazkur maxalla to’liq ichimlik suvi bilan ta'minlanishi tushuntirildi. Shuningdek 1000 metr elektr tarmog’i tortish, 28 ta sim yog’ochlar o’rnatish va 1 dona mavjud TPni rekonstruktsiya qilish ishlari joriy yilning 4-choragiga qadar amalga oshiriladi.

        Albatta hududni infratuzilmasini yaxshilash aholi daromadlarini oshirish borasida ham ko’plab ishlar amalga oshirilgan. Birgina mazzkur hududdagi 5 gektardan ortiq maydonda joylashgan Dexqon bozori AJga qarashli “mol va qo’y” bozorida bugungi kunda 30 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratilgan.

        Lekin bu yerga olib keluvchi yo’llar ta'mirtalab holga kelib qolgan. Bugungi kunga qadar mazkur yo’l kengaytirilib, ko’cha chiroqlari o’rnatilgan. Mas'ullar tomonidan o’rganilgan yo’lning 600 metr qismini ta'mirlash zarurligi aniqlandi va shag’allashtirish ishlarini amalga oshirish bo’yicha kelishib olindi.

 

Quva tuman hokimligi
Axborot hizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube