Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XALQ DEPUTATLARI QUVA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI.

×

 2021-04-15 20:16:42    887

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo’lib o’tdi. O’tkazilgan sessiyada tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o’rinbosarlari, huquq tartibot idoralari rahbarlari va tumandagi korxona, tashkilot rahbarlari ishitrok etdilar.

Sessiya ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 8 aprel kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqqa asosan tuman hokimining hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish va byudjetga tushumlarni ko’paytirish bo’yicha birinchi yarim yillikda amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha tuman xalq deputatlari Kengashiga Murojaati tinglandi. Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2021-yilning birinchi choragida tuman sektorlarida olib borilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to’g’risida 4 ta sektor rahbarlarining Axboroti eshitildi.

Shuningdek Aholini muhtoj qatlamlarini “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritish, daromad manbaini oshirish va bandligini ta'minlash orqali ularni “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan chiqarish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar taxlili va kelgusidagi vazifalar, Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish, Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muxitni sog’lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo’llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari, Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustaxkamlash yili” da tumanda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan tasdiqlangan Davlat Dasturini 2021-yilning birinchi choragida ijrosi, 2020 yilda investitsiya loyihalari va boshqa dasturlar doirasida yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash prognoz ko’rsatkichlarini bajarilishini

tanqidiy muhokama etish hamda 2021-yilda aholi bandligini ta'minlash Dasturini tasdiqlash to’g’risida, Shuningdek aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini hal etish borasida 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Sessiya savol va munozaralarga boy tarzda o’tdi. Deputatlar bugungi kunda aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan mas'ullarga savol va takliflar bilan murojaat qildilar. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib deputatlar tomonidan tasdiqlandi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube