Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“LIDER KITOBXON” TANLOVINING DASTLABKI BOSQICHI O’TKAZILDI.

×

 2021-04-21 22:11:08    669

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ular o’rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida 20-22 aprel kunlari “Lider kitobxon” tanlovi tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 20 aprel kuni “ Lider kitobxon ” ovining 1-bosqichi sektorlar kesimida 17-20 yoshgacha bo’lgan  yoshlar o’rtasida o’tkazildi.

Mazkur ko’rik tanlovda 1-sektor hududidagi 5-umumiy o’rta ta'lim maktabida 22 nafar yoshlar, 2-sektor hududidagi 33- umumiy o’rta ta'lim maktabida 20 nafar yoshlar, 3-sektor hududidagi 66- umumiy o’rta ta'lim maktabida 20 nafar yoshlar va 4-sektor hududidagi 1- umumiy o’rta ta'lim maktabida 20 nafar yoshlar ishtirok etdilar.

Ishtirokchilarga o’zbek va jahon adabiyoti namoyondalari hayoti va ularning asarlaridan tuzilgan 50 tadan testlar taqdim etildi va mazkur test savollarini yechish uchun 30 daqiqa vaqt ajratildi.

Har bir sektorlarda o’tkazilgan test natijalarini nazorat qilish uchun hakamlar va mutaxassislardan nazoratchilar jalb etildi. Hudud bosqichidan g’oliblikni qo’lga kiritgan yoshlar tuman bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube