Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QUVA TUMANIDAGI 45370-XARBIY QISMDA ASKARLARNING VATANGA QASAMYOD QABUL QILISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI.

×

 2021-04-25 16:14:07    795

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil muddatli harbiy xizmatni 45370-harbiy qismda o’tash uchun kelgan yoshlar mana shunday sinovli damlarda yurtimizni ko’z qorachig’idek asrashni, uni himoya qilishni ahd qilib, Vatanga qasamyod qabul qilishdi.

Shu munosabat bilan mazkur tantanali tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondonligi, Quva tumani hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

Tantanali marsh sadolari ostida maydonga Jangovar bayroq olib kirildi.

Shundan so’ng yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilar karantin qoidalari va ijtimoiy masofalanish tartiblariga rioya etgan holda ona yurtimizning sarhadlarini, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini so’nggi nafasi qolguncha himoya qilishga ont ichishdi.

Talbir davomida Quva tuman hokimi X.Umarov so’zga chiqib yosh askarlarni muborakbod etdi. Shuningdek Rossiya Federassiyasida bo’lib o’tgan ARMIYa-2021 musobaqalarining Sayanskaya marsh musobaqasida 8 nafar davlatlar orasida hamda 37 nafar jamoalar ichida faxrli 3 o’rinni egallashib yurtimiz bayrog’ini yuqorilarga ko’targan 45370 harbiy qismning 1 vzvod harbiy xizmatchisi kichik serjant Niyozov Muxriddin Abduqaxxor o’g’li hamda 3 vzvod harbiy xizmatchisi kichik serjant Xaydarov Sirojiddin Chinpo’lat o’g’illarini g’alaba bilan tabriklab tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube