Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SOLIQCHI-TADBIRKORGA KO’MAKCHI
2021-04-27 17:13:13 777
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 8 iyul kuni kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan videoselektor yig’ilishi bayonining 27-bandida soliq idoralari zimmasiga "Soliqchi-tadbirkorga ko’makchi" tamoyilini joriy etish vazifasi topshirilgan edi.
Bunga javoban, Quva tuman davlat soliq inspektsiyasida "Tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash" sho’'basi tashkil etilib, faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
2021 yil 21 aprel holatiga tuman hududida 194 ta tadbirkorlik faoliyatini yuritish maqsadida tashkil etilgan xo’jalik yurituvchi sub'ektlari (xususiy korxona, ma'suliyati cheklangan jamiyat, oilavaiy korxona va boshqalar) davlat ro’yxatidan o’tgan.
Sho’'ba hodimlari tomonidan ushbu xo’jalik yurituvchi sub'ektlarning rahbarlari bilan bevosita telefon aloqasi orqali bog’lanib suhbat o’tkazib borilmoqda. Suhbat davomida ularga faoliyatlari yuzasidan dastlabki buxgalteriyani yuritishda tushuntirish va ko’rsatmalar berish bilan bir qatorda aylanma mablag’i yetarli bo’lmagan tadbirkorlarga hizmat ko’rsatuvchi banklaridan imtiyozli kredit olishlarida ko’mak berib borilmoqda.
Jumladan tumandagi "FUTBOL YULDUZLARI OYINGOHI" oilaviy korxonasi 20,0 mln.so’m, "AKA-XONOBOD'' ma'suliyati cheklangan jamiyatiga 60,0 mln. so’m xamda "ISLOM YULDUZI AMK" xususiy korxonasiga 20,0 mln. so’m miqdorida bankning imtiyozli kredit mablag’larini olishda yaqindan ko’mak berildi.
Bundan tashkari, tadbirkolarning kommunal xizmatdagi, elektr-energiyasi ta'minotidagi, yer maydoni ajratilishidagi muammolarini ijobiy xal etishda amaliy yordam berib kelinmoqda.
Xuramtli Tadbirkorlar !
Tadbirkorlik faoliyatingizni yurtishda kiyinchiliklarga duch kelyabsizmi, Marxamat! Kuva tuman Davlat soliq inspektsiyasining "Tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash" sho’'basiga murojat qiling.
Soliq xizmati-insofli, soliq to’lovchining ishonchli xamkori! Sho’ba boshlig’i Meliyev Egamberdi Ro’zimatovich.
Tel: 91-396-90-59, 90-534-14-07.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube