Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YILNING ENG YAXSHI FAN O’QITUVCHILARI TAQDIRLANDI.

×

 2021-04-30 23:28:02    633

PDF yuklash
Chop etish


2021 yil 30-aprel kuni Quva tumani Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 66-umumta'lim maktabida 2020-2021 o’quv yilida fan o’qituvchilarining metodik kunlarida tashkil etilgan "Kasbiy rivojlantirish maktabi"da olib borilayotgan o’quvlar samaradorligini aniqlash maqsadida tashkillangan "Yilning eng yahshi fan o’qituvchisi" ko’rik tanlovi yakuni bo’lib o’tdi. Bu tadbirga Farg’ona viloyati hokimining Davlat tilini rivojlantirish bo’yicha maslaxatchisi S.Tongotarova, tuman xokimini xodimi S.Xusanov, tuman kasaba uyushma raisi I.Komilov, XTB mudiri D.Yunusov va fan metodistlari qatnashdi.                         

Tadbirda so’zga chiqqan viloyati hokimining Davlat tilini rivojlantirish bo’yicha maslaxatchisi S.Tongotarova "millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi" deb ta'kidladi. Tadbirda 13 ta fandan g’olib bo’lgan 62-nafar o’qituvchilar tuman hokimining faxriy yorlig’i, Kasaba uyushmaning esdalik sovg’asi, XTB mudirining 1 marttalik mukofoti bilan taqdirlanib kelgusi o’quv yili davomida ustama xaqlari belgilanishiga tavsiya etildilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube