Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
82
16
Sayt test rejimida ishlamoqda...
382025-05-30 18:20

Qonunchilikdagi yangiliklar

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089590435053985.jpg
Nogironlik pensiyalari alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlanadi “Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025 y.) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi: fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanganda pensiyalarni alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlash. Bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi; ko'rish qobiliyati bo'yicha I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obektlarida harbiy xizmatni o'tagan shaxslarga kompensatsiyalarni elektron ma'lumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlash; nogironlik pensiyasi tayinlangandan so'ng kamida 1 yil ish stajiga ega bo'lganda fuqaroning pensiya miqdorini har 2 yilda proaktiv shaklda qayta hisoblash. 2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya ta'minotiga oid hamda AT “Xalq banki” tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida to'lash bilan bog'liq xizmatlar fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz