Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
81
16
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1512025-05-19 11:44

Kitobga mehr – kelajakka nur: Quva tumanida faol kutubxonachilar taqdirlandi

https://api3.fergana.uz/files/150800/news/news_1747637011923.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150800/news/news_1747637011919.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150800/news/news_1747637012216.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150800/news/news_1747637012221.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150800/news/news_1747637012209.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150800/news/news_1747637012234.jpg
Joriy yilning may oyida respublika bo‘ylab o‘tkazilgan kitobxonlik haftaligi hamda Farg‘ona shahri mezbonlik qilgan Xalqaro kitob festivali kitobga bo‘lgan e‘tibor va qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi. Mazkur tadbirlarda Quva tumanidagi Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta‘lim maktablari kutubxonachilari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining tashabbuskorligi va yuksak mas‘uliyati bilan alohida e‘tirofga sazovor bo‘lishdi. Kitob haftaligi va festival doirasida o‘tkazilgan ko‘rgazmalar, kitob namoyishlari, bahs-munozaralar hamda madaniy-ma‘rifiy tadbirlarda ishtirok etgan kutubxonachilarning xizmatlari munosib baholandi. Ana shunday faoliyatlarni rag‘batlantirish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Solijonov tomonidan faol kutubxonachilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Taqdirlash marosimida ta‘kidlanganidek, kutubxonachilar nafaqat bilim tarqatuvchi, balki yosh avlod ongida kitobga muhabbat uyg‘otuvchi ma‘rifat peshvolaridir. Ular orqali maktab o‘quvchilari kitob o‘qishga, mustaqil fikrlashga va keng dunyoqarashga ega bo‘lishga intilishadi. Quva tumanidagi bunday ezgu an‘analar, ya‘ni kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash, bilim fidoyilarini rag‘batlantirish ishlari kelgusida ham izchil davom ettirilishi ko‘zda tutilgan. Zero, kitobxon jamiyat – taraqqiyot kafolatidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz