Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
82
16
Sayt test rejimida ishlamoqda...
332025-05-30 18:22

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar doimiy e'tiborda!

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089590547618205.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089590547619400.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089590547620595.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089590547620595.jpg
Xabaringiz bor, “Kambag'allikdan farovonlik sari” tamoyiliga asosan tumandagi kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va ularning oilalariga turli tashkilot va muassasalar biriktirilgan bo'lib, ularning holidan xabar olib turish va muntazam ko'mak ko'rsatish biriktirilgan tashkilotlar va mutasaddilarining mas'uliyati etib belgilangan. So'x tumani hokimi o'rinbosari Sodiqjon Murzoyevga 2-sektor hududidagi Yangiariq mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi bir guruh muammosi bor yoshlar biriktirilgan. Bugun Yangiariq mahalla fuqarolar yig'inida tuman hokimi o'rinbosari ishtirokida qabul o'tkazildi va mazkur qabulda mahalladagi yoshlarning muammo va kamchiliklari ham o'rganildi. Mahalla raisi va tuman Kengashi deputati Amirali Safarov ham bu bo'yicha hamkorlikda ishlar samara berayotganini qayd etdi. - Yil davomida ham aholini kambag'allikdan chiqarish bo'yicha "Kambag'allikdan farovonlik sari" tamoyili doirasidagi dasturlar uzluksiz amalga oshirilib, har bir insonning farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratish ishlari davom ettiriladi, - dedi biz bilan suhbatda tuman hokimi o'rinbosari. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz